U-BSS kompaniyasi o‘zbek tilini tanib olish darajasi bo‘yicha sun‘iy intellekt asosida so‘zlashuv yechimlarini rivojlantirayotgan kompaniyalar orasida peshqadamlik qilmoqda va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtirish bo‘yicha eng yaxshi kompleks yechimlardan birini taklif etadi.
Ajoyib natijaga virtual assistentni kam sonli ma‘lumotlardan foydalanib samarali o‘qitish imkonini beradigan yagona texnologik stek va innovatsion vositalar asosida erishildi. Shunday qilib, robotni o‘rgatish uchun 2 dan 10 soatgacha bo‘lgan datasetlardan ularning har birining aniq transkripsiyasi bilan audio fayllar ko‘rinishida foydalanildi. Bu modelni o‘zbek tilini juda tez va sifatli tushunishga o‘rgatish imkonini berdi. Agar modelning birinchi versiyasining tanib olish aniqligi bor-yo‘g‘i 46 foizni tashkil etgan bo‘lsa, yangi versiyada tanib olish sifati ikki baravar ortib, 90,7 foizdan ko‘proqqa yetdi. Bu U-BSS kompaniyasining baholashlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida o‘zbek tilini tanib olishining eng yaxshi natijasidir.
Biznes-foydalanuvchilar uchun nutqni avtomatik tanib olishning yuqori sifati virtual assistentlarning ishlash tezligi va aniqligini bir necha marta oshirishi va aloqa markazining hamda mijozlar qanoatlanishining umumiy samaradorligiga bevosita ta‘sir qilishi muhim. Bu, o‘z navbatida, muvaffaqiyatli biznes va bozordagi raqobatbardoshlikning asosiy omilidir.
U-BSS dan tanib olish modelining kuchli tomonlari jumlasiga o‘zbek tili nutq konstruksiyalarining nodir o‘ziga xos fonetik va grammatik xususiyatlarini, bir gapda o‘zbek so‘zlari va shevalari qo‘llangan nutq variantlarini tushunish, shuningdek, so‘zlar va iboralarning ma‘nosiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ohang xususiyatlarini tushunish kiradi.
Model ixtisoslashtirilgan bank mavzusi leksikasida o‘qitildi, endi u telekommunikatsiya industriyasi mavzulari bilan boyitish davom etmoqda va kelgusida boshqa sohalarga oid mavzular qo‘shiladi. Bu modelga savollarga hozir va kelajakda tezroq va aniqroq javob berishga va ushbu sohalardagi kompaniyalarning mijozlarga maslahat berish imkonini beradi.
Tanib olishning yuqori sifati batafsilroq va to‘g‘ri tahlil qilish uchun dialoglarning eng aniq transkripsiyasini ta‘minlaydi. Bu takrorlanadigan muammolarni aniqlash, trendlarni o‘rganish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash imkoniyatlarini topishga yordam beradi. Shuningdek, tanib olishning yuqori saviyasi robotning mijozlar bilan aloqasidagi xatolar ehtimolini kamaytirishga imkon beradi, bu esa tamomlanmagan xizmat ko‘rsatishlar sonining kamaytirishga olib keladi.
«Biz jamoamiz shunday natijaga erishgani — bizning bahomiz bo‘yicha O‘zbekistonda o‘zbek tilini tanib olishning eng yaxshi modelini yaratganliklari bilan faxrlanamiz. Biz erishilgan muvaffaqiyatlar bilan to‘xtab qolmaymiz va ishlashda davom ettiryapmiz. Aniq bir buyurtmachining vazifalari uchun modelni tez va samarali tarzda yana o‘qitishga va mijozlarimizning yangi mavzulari va mahsulotlarini hisobga olgan holda tanib olishini yaxshilashga tayyormiz», deb izoh berdi U-BSS kompaniyasining boshqaruvchi direktori Pavel Popov.