U-BSS kompaniyasi va Ipoteka bank OTP Group “PLAS-Forum Digital Uzbekistan” xalqaro anjumanida birgalikda ishtirok etdi. Tadbir 2025 yil 28-29 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.
Ikki tashkilot vakillari “Avtomatlashtirishdan empatiyaga: Ipoteka bank OTP Groupning raqamli transformatsiyasi va GenAI yordamida mijozlar servisini rivojlantirish” nomli loyihani taqdim etdilar.
Ma’ruzachilar bankning barqaror rivojlanishining muhim omillari, masofaviy bank xizmatlarining zamonaviy tendensiyalari, shuningdek, O‘zbekiston moliya sohasining dolzarb muammolarini batafsil yoritib berdilar. Bashoratli tahlil, personal yondashuv va keyingi avlod sun’iy intellekti (GenAI) kabi yangi texnologiyalarga alohida e’tibor qaratildi.
Ipoteka bank OTP Group raqamli banking departamenti rahbari Ishonkulov Nuriddin O‘zbekistonda masofaviy bankingni rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari, xususiy mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun o‘z mobil ilovasini rivojlantirish, masofaviy kanallarda mijozlarga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish rejalari haqida so‘z yuritdi.
U-BSS kompaniyasining xalqaro ishlanmalar markazi direktori Yevgeniy Ponomarev sun’iy intellekt yordamida masofaviy bank xizmatlarini raqamlashtirishning bugungi holati va tendensiyalari haqida so‘zladi. U mamlakatning barcha banklari duch kelayotgan qiyinchiliklarni alohida ko‘rsatdi, ularning qatoriga shu jumladan shakllanayotgan qonunchilik, rivojlanayotgan infratuzilma, kadrlar muammosi va mijozlarning sun’iy intellektga bo‘lgan ishonchi masalalari kiradi. Shu bilan birga, notiq sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi: davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, yosh va iqtisodiy faol aholi, sohaga yo‘naltirilgan jiddiy investitsiyalar hamda banklar o‘rtasidagi kuchli raqobat. Yevgeniy kompaniyaning o‘zbek tilini tanib olish sifati bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolayotganini, barcha zarur texnologik vositalarga ega ekanligini, shuningdek, u O‘zbekiston va dunyoning boshqa mamlakatlarida 140 dan ortiq loyihani amalga oshirgan R&D, joriy etish va qo‘llab borish bo‘yicha noyob komandani alohida ta’kidlab o‘tdi.
Xalqaro PLAS-Forum an’anaviy tarzda soha bo‘yicha eng yaxshi ma’ruzachilarni jamladi. Jumladan, O‘zbekiston Milliy banklararo protsessing markazi HUMO, O‘zbekiston, Armaniston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va boshqa mamlakatlarning yirik banklari, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA), Mastercard, IT Park Uzbekistan va boshqalar ma’ruzalar bilan chiqish qildilar. Jami 130 dan ortiq ma’ruzachi, 500 dan ortiq top-menejerlar ishtirok etdi, forumga umumiy hisobda 2600 dan ziyod kishi tashrif buyurdi. Muhim mavzular qatorida “O‘zbekiston zamonaviy raqamli jamiyat sari,” "Fintex bank industriyasining ajralmas qismi sifatida: Asosiy innovatsiyalar,” “Sun’iy intellekt. Davlat darajasida, biznes, texnologiya va moliya sohalarida sun’iy intellektdan foydalanishning dolzarb yo‘nalishlari” kabilar ko‘tarildi.