“Orient Finans” banki yuridik shaxslar uchun masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirishda davom etmoqda: “Ish haqi loyihalarining yangi versiyasi ishga tushirildi”
Orient Finans Bank (OFB) 2022 yildan boshlab Markaziy Osiyoda bank sektorini raqamlashtirish bo‘yicha yetakchi hisoblangan “U-BSS” kompaniyasining yuridik shaxslar uchun masofaviy bank xizmatlari (MBX) tizimidan foydalanib kelmoqda. Tizim ishga tushirilgan paytda korporativ mijozlar milliy valutadagi to‘lov topshiriqnomalari, hisobvaraq ko‘chirmalari va valyuta operatsiyalari, shuningdek, ish haqi bo‘yicha sinov loyihasi bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bank asta-sekin kichik korxonalardan tortib o‘ziga individual talablari bor yirik korporatsiyalargacha bo‘lgan korporativ mijozlarni MBX tizimi bilan ishlashga jalb qildi– tizim har qanday ko‘lamdagi biznesga qulay xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
MBX tizimini rivojlantirish jarayonida bank “U-BSS” kompaniyasining platformasini o‘z ehtiyojlariga moslashtirdi va uni izchil ravishda boshqa xizmatlar bilan integratsiyalashtirib, yangi imkoniyatlarni qo‘shib bordi. Modernizatsiya bosqichlaridan biri mijozlarning barcha toifalari talablariga mos keladigan takomillashtirilgan ish haqi loyihasini amalga oshirish bo‘ldi.
Mijozlar uchun zarur funksiyalarga ega bo‘lgan mobil ilova ajoyib qo‘shimcha bo‘lib hisoblanadi. Unda mijozlar milliy valutada to‘lovlarni amalga oshirishlari, hisobvaraqlar bo‘yicha cheklovlarni kuzatishlari, eng yaqin bank bo‘limlarini topishlari, bank bilan xat almashishlari, boshqa qurilmalardan kirishni nazorat qilishlari va boshqa ko‘plab imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin. Kelajakda valyuta operatsiyalari, to‘lov talabnomalari va kreditlash bo‘yicha xizmatlarni qo‘shish orqali tizim imkoniyatlarini yanada kengaytirish rejalashtirilmoqda.
“U-BSS” kompaniyasi bilan hamkorlik Masofaviy bank xizmati (MBX) tizimining ishonchli va barqaror ishlashini kafolatlaydi. Kompaniya o‘zini raqamli bank yechimlarining sinovdan o‘tgan yetkazib beruvchisi sifatida namoyish etdi, u o‘z platformalarining jiddiy uzilishlarsiz uzluksiz ishlashini ta’minlaydi, bu esa moliyaviy sohada ayniqsa ham muhim bo‘lib hisoblanadi.
“Yuridik shaxslar uchun MBX tizimini rivojlantirish Orient Finans Bankning muhim loyihasi bo‘lib hisoblanadi, uning maqsadi korporativ mijozlar uchun qulayliklarni oshirish va yangi talab qilinayotgan imkoniyatlarni taqdim etish orqali ularning bankka sodiqligini va sadoqatini oshirishdir. Biz xavfsizlik va ishonchlilik bo‘yicha yuqori standartlarni saqlab qolgan holda, har qanday ko‘lamdagi biznesning korporativ moliyasini boshqarish uchun maksimal darajada shaffof va qulay vositani yaratishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. Ushbu loyiha bizning innovatsiyalarga intilishimizni va biznesga eng zamonaviy hamda sifatli xizmatlarni taklif etish istagimizni namoyish etadi," – deya ta’kidladi “U-BSS” xalqaro ishlab chiqish markazi direktori Yevgeniy Ponomarev.
“Bugungi kunda yuridik shaxslar uchun masofaviy bank xizmati (MBX) tizimi bankning o‘z mijozlari bilan o‘zaro munosabatlarining asosiy kanali bo‘lib hisoblanadi. “U-BSS” kompaniyasi bankimizning mijozlari uchun yuqori xavfsizlik va ishonchlilik standartlariga rioya etilishini ta’minlamoqda. MBX tizimining moslashuvchanligi bankka bozorning o‘zgaruvchan talablariga tez munosabat bildirish va mijozlarga maksimal qulaylik yaratadigan yechimlarni tezkor joriy etish imkonini beradi. Yaqinda yangilangan ish haqi loyihasining amalga joriy etilishi funksional bilan ishlashni osonlashtirish, interfeysning tushunarliligi va soddaligini oshirish hamda ma’lumotlarni to‘ldirishdagi xatolarni 20 foizga kamaytirish orqali mijozlar sodiqligini oshirish imkonini berdi,” – deya ta’kidladi Orient Finans Bank raqamli texnologiyalar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Nikolay Falileyev.