1C dasturiy mahsulotlarini joriy etish, standart funksionalni ishlab chiqish va tamom qilish. Bu jarayonlarni avtomatlashtirishni istalgan darajaga olib chiqish, dasturda ishlash qulayligini oshirish va yangi funksionalni joriy etish degani.
joriy etilgan dasturiy mahsulotlarni qo‘llab-quvvatlash. Bu 1C ni boshqarish, konfiguratsiyalarni yangilash va tamom qilish, dasturni sozlash va maslahat berish degani. SLA bo‘yicha 1C na qo‘llab-quvvatlash kafolatlangan xizmat ko‘rsatish darajasini mustahkamlaydi, uning shartlari shartnomada belgilab qo'yiladi.
1C tizimi foydalanish jarayonida samarali rivojlantirish mumkin bo‘lgan dasturiy mahsulot bo'lib hisoblanadi. Ma’lumotlar tuzilmasi va funksiyalarini saqlashda, dasturdagi axborot hajmi oshadi, bu esa malakali mutaxassislar qo‘llab-quvvatlashini talab qiladi.
Yangi yo‘nalish kompaniyaga xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va mijozlarga o‘z biznesini avtomatlashtirish bo‘yicha yanada kompleks yondashuvni taklif etish imkonini beradi.
Pulat Xaliulin, U-BSS direktori: «Bizning baholashlarimizga ko‘ra, 1C platformasiga O‘zbekistonda yetarlicha baho berilmagan, holbuki u juda keng tarqalganligi, ushbu stek bo‘yicha resurslari mavjudligi va ularning maqbul narxi nuqtai nazaridan juda istiqbollidir».
Uning ta‘kidlashicha, 1C tizimi kompaniyalarga biznes-jarayonlarni sifatli boshqarish imkoniyatini beradi, ammo buzilishlar yuzaga kelganda, ushbu yechimdan foydalanadigan xodimlarning ishidagi muammolar bo’lishini istisno qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham nosozliklarga tezkor munosabat bildirish va tizimni qo’llab-quvvatlash ishlarini muntazam ravishda amalga oshirish muhim.
«Rasmiy hamkor maqomini olganimizdan so‘ng, biz sertifikatlangan mutaxassislar va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish orqali mijozlarimizga vaqt va pulini tejashga yordam beramiz. Biz nafaqat masofaviy bank xizmatlari va nutq texnologiyalarini, balki kompaniyaning biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, moliya, omborlar, xodimlar va boshqa jihatlarini boshqarish imkonini beruvchi korxonani boshqarish uchun mo’ljallangan 1C tizimini ham joriy etish va qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb tushuntirish berdi P. Xaliulin.