IT va kiberhavfsizlik sohasida firibgarlarning verifikatsiyadan o‘tish hamda maxfiy va shaxsiy axborotni qo‘lga kiritish maqsadida mijozlar ovozini soxtalashtirish holatlari ko‘payib bormoqda. Jinoyatkorlar ko‘pincha jabrlanuvchining ovozining oldindan yozib olingan audioyozuvlardan foydalanadilar. Bunday yozuvlar ovozli bot bilan gaplashish chog‘ida aldov uchun qo‘llanilishi mumkin. Operatorni yanglishtirish uchun esa ushbu yozuvlar yordamida jabrlanuvchining ovoz xususiyatlarini hisobga oladigan nutqni sintez qilish modellari yaratiladi. Tahdidning yana bir turi – bu ovoz morfingi bo‘lib, bunda firibgarlar o‘z ovozining parametrlarini (tembr, chastota, format va boshqalar) o‘zgartirish uchun dasturlardan foydalanib, uni haqiqiy mijozning ovoziga o‘xshatadilar.
U-BSS kompaniyasi firibgarlik hujumlaridan himoyalanish uchun sun’iy yaratilgan yoki o‘zgartirilgan audioyozuvlarni aniqlashga va himoyalangan resurslarga ruxsatsiz kirishning oldini olishga qodir maxsus “Anti-spufing” tizimini taklif etadi. U-BSS ning spufingga qarshi yechimlari allaqachon mijozlar tomonidan o‘tkazilgan testlar davomida o‘zining samaradorligi va aniqligini isbotlagan.
Virtual yordamchini mijozning oldindan yozilgan ovozidan foydalangan holda amalga oshiriladigan spufing hujumlaridan himoya qilish uchun tizimda “chaqiruv-javob” turidagi maxsus yo‘l-yo‘riqlar joriy etilgan bo‘lib, ular kontekstli yoki dinamik javoblarni talab qiladigan tasodifiy so‘rovlarni yaratadi. Shundan keyin nutqni avtomatik tanib olish (ASR) va ovoz biometriyasi (VB) texnologiyalari yordamida foydalanuvchining javobi tekshiriladi. Shunday qilib, virtual assistentni aldash uchun inson ovozining audio yozuvlaridan foydalanish imkonsiz bo‘lib qoladi.
Bundan tashqari, tizim sun’iy intellekt yordamida audio oqimni tahlil qilib, morfing yordamida sintez qilingan yoki o‘zgartirilgan ovoz belgilarini aniqlay oladi. Bunday belgilar topilganda, aloqa markazi xodimlariga maxsus ogohlantirish yuboriladi, u esa muammoga tezkor munosabat bildirish va xavfsizlikni kuchaytirish choralarini ko‘rish imkonini beradi.
Shunday qilib, allaqachon U-BSS dan sotib olish mumkin bo‘lgan biometriya endi “Anti-spufing” funksiyasining joriy etilishi hisobiga sintez qilingan ovozdan foydalanib amalga oshiriladigan firibgarlik hujumlarini samarali ravishda oldini olgan holda yanada xavfsiz bo‘lib qoldi. `
Biometriya tizimini joriy etish mijozning bank bilan o‘zaro munosabatlarini sezilarli darajada soddalashtirishga imkon beradi. Masalan, agar mijoz bank kartasini yo‘qotib qo‘ysa va uni bloklash uchun qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilsa, operator an’anaviy tarzda maxfiy so‘zni so‘raydi. Biroq, ko‘pchilik mijozlar uni unutib qo‘yadi, bu esa qo‘shimcha noqulayliklarni keltirib chiqaradi – ular bank bo‘limiga shaxsan tashrif buyurishiga to‘g‘ei kelado. Biometrik identifikatsiya bu muammoni bartaraf etadi: mijoz endi kodlarni eslab qolishi yoki qo‘shimcha savollarga javob berishi kerak bo‘lmaydi – tizim uning shaxsini avtomatik ravishda tanib oladi.
"Biz yetakchi integrator va o‘z sohasining mutaxassislari sifatida har doim eng ilg‘or va ishonchli texnologiyalarni taqdim etishga intilamiz. Xususan, hozirda bizning mahsulot portfelimizda anti-spufing tizimi bilan jihozlangan o‘ta xavfsiz tizim mavjud bo‘lib, u zamonaviy kiberhavfsizlik talablariga to‘liq javob beradi," - deb izoh berdi U-BSS kompaniyasining bosh direktori Pulat Xaliulin.