U-BBS dan jismoniy shaxslarga xizmat ko'rsatish uchun yangi mobil ilovasi zamonaviy kross platformali React Native freymworkida noldan ishlab chiqilgan. Yechim iOS va Android mobil platformalari uchun yagona bo'lib hisoblanadi, bu esa Time2Market va har qanday loyihaning iqtisodini sezilarli darajada yaxshilaydi.
React Native — bu har ikkala mashhur mobil operatsion tizimlarida ishlaydigan yuqori sifatli mobil ilovalarni yaratish uchun kuchli freymvork. Freymvork butun dunyo bo‘ylab yuzlab kompaniyalar, jumladan Uber, Amazon, Tesla va Facebook tomonidan muvaffaqiyatli qo‘llaniladi. Mijoz nuqtai nazaridan, React Native- ilovalarida ishlash nativlarda ishlashdan farq qilmaydi.
Jismoniy shaxslar uchun yangi mobil ilovani yaratishda U-BSS kompaniyasining ishlab chiquvchilari har bir operatsion tizim uchun alohida ilovalar yozish zaruratidan xalos bo‘lib, turli qurilmalar uchun yagona kod bazasini yaratdilar. Muayyan dasturlash tillarida (masalan, iOS uchun Swift) yoziladigan nativ ilovalardan farqli o‘laroq, kross platformada yoziladigan ilovalar tezroq va arzonroq ishlab chiqilishi mumkin, chunki har bir platforma uchun ikki nafar mutaxassis o‘rniga bitta mutaxassis ishlaydi. Ishlab chiqish resurslarini tejash nativ ilovalarni yaratish bilan solishtirganda 40% gacha, bu ularning tanqisligi va yuqori narxlar sharoitida muvaffaqiyatli strategiya bo'lib hisoblanadi.
Xarajatlarni qisqartirishga React Native ishlab chiquvchilarga interfeyslarni yaratish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan komponentlar to‘plamini taqdim etishi tufayli erishiladi. Har bir yangi komponent uchun kodni noldan yozish o‘rniga, ishlab chiquvchilar shunchaki tayyor komponentni olib, uni o‘z ehtiyojlariga moslashtiradilar.
Bundan tashqari, React Native veb-ishlab chiqish kabi bir xil ishlab chiqish vositalari: matn muharrirlari, paket menejerlari va yig‘ish tizimlaridan foydalanadi. Bu ishlab chiqish jarayonini yanada tanish va samarali qiladi. Shuningdek, loyiha bilan ikkita emas, balki bitta dasturchilar komandasi shug‘ullanadi, chunki turli xil operatsion tizimlar uchun turli xil kod yozish zarurati bo‘lmaydi.
Loyiha xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish bilan birga U-BSS dan mobil banki xuddi nativ ilova bilan bir xil yuqori sifat xususiyatlari, tezlik va user experience ga ega bo‘ladi.
«Banklar va ularning chakana mijozlarining ehtiyojlari va umidlarini o‘rganar ekanmiz, biz jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan yangi mobil ilovamizning asosida React Native platformasidan foydalanganimiz — mahsulotni rivojlantirishning eng to‘g‘ri yo‘li ekanligiga amin bo‘ldik. Ilovamizning avvalgi versiyasi veb- interfeysga ega edi, ammo hozir u PWA versiyasini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan har qanday mobil qurilmaning OT uchun mos to‘laqonli ilova hisoblanadi», — deb tushuntirish berdi U-BSS kompaniyasining mahsulotlarni rivojlantirish bo‘yicha direktori Aleksey Afonin.
Uning ta‘kidlashicha, sifat va qulay interfeysdan tashqari, kompaniya asosiy yutuqqa — o‘rtacha ishlab chiqish xarajatlari bilan tezkor time2marketga erishgan. Muhim afzallik — bu stekning keng tarqalganligi, bu bank mobil ilovani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun mutaxassislarni hech qanday qiyinchiliksiz kuchlari bilan ham topishga imkon beradi.
«Albatta, O‘zbekistonda ko‘plab banklar mustaqil ravishda ilovalar ishlab chiqish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Ammo tan olishimiz kerakki, bu, birinchi navbatda, platformani ishlab chiqish zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan juda ulkan budjet va yuqori darajadagi xavfni o‘z ichiga olgan juda murakkab yo‘l. O‘z navbatida, sinalgan sanoat yechimi -o‘z ishlanmasiga qaraganda foydali va oqilona muqobil yechimdir», — deb ta‘kidladi A.Afonin.
U-BSS kompaniyasi banklarga nafaqat qulay mobil ilovaning o‘zini, balki komandani o‘qitish va maslahat berib borish bilan SDK va boshlang‘ich kodlardan foydalanish hisobiga masshtablash va mustaqil ravishda rivojlantirish imkoniyatiga ega tekshirilgan, doimiy ravishda rivojlanib borayotgan platformani taklif etadi.
Biz barcha savollaringizga javob beramiz!
Vadim Prishchepa — V.Prischepa@bssys.com
Мы всегда рады ответить на любые Ваши вопросы
Fikr-mulohazangiz uchun rahmat. Sizning arizangiz qabul qilindi
Bizning mutaxassisimiz ish kuni davomida siz bilan bog'lanadi