Audio yozuvlarni tahlil qilishda ko‘pincha dialog ishtirokchilaridan qaysi biri u yoki bu luqmani tashlaganini aniqlashda qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Bu nutqni tahlil qilish natijalariga va virtual assistentla ishining samaradorligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
Diarizatsiya texnologiyasi dialogning ma‘lum bir lahzasida kim va nimani gapirayotganini aniqlash imkonini beradi. Bu texnologiya audio oqimini begona tovushlardan ajratish hisobiga yo‘naltirilgan stereo mikrofonlardan olingan yozuvlarni tanib aniqlash sifatini yaxshilab mono yozuvlar va audiobedj yozuvlarini tahlil qilish uchun qo‘llaniladi.
Yaxshilanishlar ikkita har xil model yordamida mijoz va operator nutqini aniqlash uchun tasniflagichni qo‘shishni o‘z ichiga oladi — ulardan biri ovozning biometrik belgilari bo‘yicha, ikkinchisi esa o‘ziga xos leksika bo‘yicha luqmalarni aniqlaydi. Shuningdek dialogning faqat muhim parchalarini tahlil qilish uchun kanallarni verifikatsiya qilish texnologiyasi joriy etildi, bu audioni qayta ishlash va tahlil qilish vaqtini qisqartiradi va AT infratuzilmasiga tushadigan yukni kamaytiradi.
Ikkita yo‘naltirilgan mikrofondan yozib olishda yuzaga keladigan luqmalarning takrorlanishini bartaraf etish bo‘yicha texnologiya ishi ham yaxshilangan. Ikkita yozuv yo‘lini stereo yozuvga birlashtirish hisobiga, audio faylda luqmalar takrorlanishini istisno etish mumkin bo‘ldi, bu nutq tahlili yordamida dialog tahlilini soddalashtiradi.
«Nutq texnologiyalarini rivojlantirishning oldingi safida bo‘lib, biz diarizatsiya jarayonini ancha takomillashtirdik va bu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirmoqdamiz. Diarizatsiya matnni transkripsiya qilish sifatini yaxshilaydi va tegishli tizimlardan foydalanganda nutqni tanib aniqlash aniqligini sezilarli darajada oshiradi, bu esa bunday texnologiyalarga bo’lgan i talabni kuchaytiradi. Ko‘pgina kompaniyalar haligacha audioni mono formatda yozib olishadi. Diarizatsiya texnologiyasi tufayli bunday mijozlar nutq tahlilidan xuddi yangi asbob-uskunalardan foydalangandek foydalanishlari mumkin», deb sharladi U-BSS direktori Pulat Xaliulin.