Joriy etilgan tizim botga mijozlarning keng tarqalgan savollariga javob berish imkonini beradi va “Qarzdorlik” hamda “Limitlar” mavzulari bo‘yicha bir nechta murakkab senariylarni qo‘llab-quvvatlaydi. Virtual assistent bank mijozlariga yaqinlashib kelayotgan yoki muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlar haqida eslatadi, ma’lum bir mijozning kartasidagi limitlar va ularni oshirish bo‘yicha maslahat beradi. Bundan tashqari, loyiha doirasida nutq tahlili joriy etildi, shuningdek, tojik tilini tanib olish (Speech To Text (STT)) modeli ishlab chiqildi va o‘qitildi.
Tojik tilidagi senariylarni amalga oshirish uchun U-BSS komandasi STT modelini MBT tomonidan to‘plangan tojik tilidagi namunalar va korpus yozuvlari asosida o‘qitdi. To‘rt oylik o‘qitishdan keyin modelning tojik tilini tanish aniqligi 74 foizga yetdi. Keyingi uch oy ichida model sifatini 86,7 foizgacha oshirishga erishildi. O‘qitish jarayoni davom etmoqda. Hozirda bot rus tilidagi so‘rovlarni taniy oladi va tojikcha talaffuzga moslashtirilgan.
Nutq tahlilini joriy etish MBT ga eng yaxshi amaliyotlarni tanlab olish va tirajlash, operatorlar maslahatlaridagi kamchiliklarni aniqlash, shuningdek mijozlarning salbiy fikr-mulohazalari va shikoyatlarini kuzatib borish orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash imkonini beradi. Bundan tashqari, nutq tahlili hisobotlarni avtomatlashtirish orqali ilgari bunday tekshiruvlar bilan shug‘ullangan xodimlarning mehnat sarfini optimallashtirish va kamaytirishga yordam beradi. Yechim interfeysida aloqa markazining samaradorligi uchun javob beradigan ko‘rsatkichlar sozlangan: suhbatning o‘rtacha davomiyligi, nutq faolligi, jimlik va so‘z bo‘lish darajasi. Mijozlar mamnuniyatini oshirish uchun shuningdek shikoyatlar, nizoli va stressli vaziyatlar tahlili ham amalga oshirilmoqda.
“Biz U-BSS komandasi bilan olib borilgan loyihamiz natijalaridan juda ham mamnunmiz. Ularning kasbiy mahorati va mas’uliyati, hamda batartib ishi bizni lol qoldirdi. Bizning komanda oldiga qo‘ygan barcha loyiha maqsadlarimiz muvaffaqiyatli amalga oshirildi: ovozli bot 4 ta integratsiya senariysini qo‘llab-quvvatlaydi, nutq tahlili mijozlar servisini tahlil qilish va takomillashtirishga yordam beradi, tojik tilini tanib olish modeli ishlab chiqildi. Kelgusi rejalarimiz –botlar uchun senariylarni tojik tilida amalga oshirish,”– deya izoh berdi Tojikiston Xalqaro bankining AT bo‘yicha direktori Umar Kabilov.
“Biz STT modeliga tojik tilini 86,7% aniqlik darajasi bilan o‘rgatishga erishdik. Bu ajoyib natija, chunki model yangi tilni noldan o‘rgandi. Hozirda biz bank uchun joriy etgan robotlar rus tilidagi so‘rovlarni qayta ishlaydi va tojikcha talaffuzni tushunadi. Tojik tilini tanib olish modeli botlarga ulanganida, bu bankka mijozlar bilan muloqotni yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi”, – deb izohladi U-BSS direktori Pulat Xaliulin.