React Native freymworkida ishlab chiqilgan eng so‘nggi Ipoteka Retail mobil ilovasi Ipoteka-bankning chakana mijozlari uchun erkin foydalanish imkonini berdi. Ilova zamonaviy dizayn, mijozlarga yo‘nalganlik va lahzada tezkor harakat qilishni o‘zida jamlab mijozlar tajribasining mutlaqo yangi darajasini taqdim etadi.
Yangi mobil bankni ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha texnologik hamkor sifatida Markaziy Osiyodagi yetakchi tizim integratori U-BSS kompaniyasi ish yuritdi. Ipoteka-bank va U-BSS o‘rtasidagi hamkorlik 2021-yilda boshlandi va shundan beri bir qator qo‘shma innovatsion loyihalar amalga oshirildi. Ulardan biri foydalanishning maksimal samaradorligi va qulayligini ta’minlaydigan zamonaviy texnologiya stekida yaratilgan Ipoteka Retail ilovasi bo‘ldi.
Yangi mobil bank ham bank, ham uning chakana mijozlari uchun ajoyib imkoniyatlarni ochib beradi. Uning sifat jihatidan yaxshilanishi foydalanilayotgan zamonaviy texnologiyalar bilan belgilanadi. Masalan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanuvchilar uchun mijozlar yo‘lini yaxshilash muhim bo‘ladi — bank bilan o‘zaro aloqa jarayonlari mijozlarga maksimal qulaylik uchun optimallashtirilgan: xususan, tezkor javob qaytarish va yuqori tezlik — ilova yuqori yuk ostida ham tez va ravon ishlaydi; yaxshilangan dizayn va foydalanuvchi tajribasi — intuitiv jihatdan tushunarli interfeys Ipoteka Retail dan foydalanishni maksimal darajada qulay qiladi.
Mobil ilovani React Native freymworkida qutish bankka dolzarb afzalliklarni taqdim etadi. Frontenda yangi funksionallikni ishlab chiqish qiymatini ancha kamaytirish, bozorga chiqish vaqtini qisqartirish (Time2Market) va bank vazifalarini bajarish uchun ishlab chiqish komandasini tez masshtablashtirish imkoniyatini ta’minlashga ko‘maklashadi.
«Biz mijozlarimizga eng zamonaviy va qulay yechimlarni taklif qilishdan faxrlanamiz. React Native da yangi Ipoteka Retail mobil ilovasi — bu mijozlarimizga maksimal badastirlik va qulaylikni ta‘minlash yo‘lida oldinga tashlangan qadamdir», deb izoh berdi Raqamli banking va bank jarayonlari direksiyasining direktori Shohrux Babayev.
«Biz „Ipoteka-bank“ bilan masofaviy bank xizmatlarni ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, shu jumladan, funksionallikni oshirish, mijozlar tajribasini yanada yaxshilash, xizmatlarni to‘liq raqamlashtirish, ilovada interaktiv yordamchilar va chatbotni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirmoqdamiz, bu esa mijozlarning bank bilan o‘zaro aloqalarini yanada qulay va samarali qiladi», - dedi U-BSS ishlab chiqarish markazining direktori Yevgeniy Ponomarev.
Ipoteka Retail ilovasi allaqachon App Store va Google Play da yuklab olish mavjud.