Mahsulot yoki xizmatlarni sotish uchun chiquvchi qoʻngʻiroqlarni amalga oshirish?
Mijozlarni davom etayotgan aksiya, mahsulot shartlaridagi oʻzgarishlar, muddati oʻtgan qarzlar haqida zudlik bilan xabardor qilish yoki boshqa muhim maʼlumotlar bilan boʻlish?
Amalga oshirilgan xarid, koʻrsatilgan xizmat, yetkazib berish boʻyicha mijozlar fikr-mulohazalarini olishingiz?
Katta auditoriya uchun tadqiqot, soʻrovlar yoki anketalash oʻtkazish kerakmi?
Bizning robotimiz xodimlarning vaqtini va biznesingiz mablagʻlarini tejaydi, mijozlarga mustaqil ravishda qoʻngʻiroq qiladi, kerakli maʼlumotlarni aytadi, soʻrov yoki anketalash oʻtkazadi.
Yordam beradi
Xizmat sifatini yoʻqotmasdan, aloqa markazi xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga
Qisqa vaqt ichida oʻnlab va yuz minglab mijozlardan iborat mijozlar bazasiga qoʻngʻiroq qilishga
Belgilangan sanalar, vaqtlar va bazalar, shuningdek, qoʻngʻiroqlar soni va ular orasidagi intervallar bilan bir vaqtning oʻzida bir nechta qoʻngʻiroq kampaniyalarini rejalashtirishga
Har bir qoʻngʻiroqning holati haqida batafsil maʼlumot olish, shuningdek suhbat davomida kerakli maʼlumotlarni aniqlashga
Ssenariyga aniq amal qilinishi va “inson omili” tufayli xatolikka yoʻl qoʻyilmasligiga amin boʻlishga.
Afzalliklar
Har qanday sohaga oʻrgatish mumkin
Turli sohalar uchun dialektlar, soʻzlashuv tillari va professional jargon, biznes muhitingizga mos ravishda sozlanishi imkoniyati bilan. Qoʻshimcha oʻqitishni mijozning oʻzi amalga oshirishi mumkin - barcha kerakli vositalar yetkazib berishga kiritilgan.
Har qanday murakkablikdagi xizmat koʻrsatish ssenariylari
Ssenariylar mijozning tahlilchilari tomonidan sozlanishi mumkin - barcha kerakli vositalar paketga kiritilgan. Skriptlarni sozlash malakali mutaxassislarni talab qilmaydi.
Eng qisqa vaqt ichida amalga oshirish imkonini beruvchi turli sohalar uchun tayyor modellar va xizmat koʻrsatish ssenariylarini oʻz ichiga oladi
Tabiiy dialog
Kontekstni yoʻqotmasdan muloqot mavzusini moslashuvchan tarzda oʻzgartirishga imkon beradi, agar mijoz oldindan kerakli maʼlumotlarni aytgan boʻlsa, aniqlovchi savollarni soʻramaydi, mijozni toʻgʻri tushunganiga amin boʻlmasa, yana soʻraydi.
Nutqni tahlil qilish moduli bilan integratsiya
“Tor” joylarni topish va texnik xizmat koʻrsatish skriptlarini optimallashtirish.
Statistika
Oʻrnatilgan hisobot tanib olishning toʻgʻriligini, avtomatlashtirish foizini, mavzu boʻyicha xitlarni taqsimlashni va hokazolarni koʻrsatadi.
Ovozli biometriya
Mijozlarni identifikatsiyalash va tekshirish uchun Ovozli biometrik xususiyatlarga ega.
Bulutli xizmatlardan foydalanmagan xolda
Bulutda ham, butunlay buyurtmachi xududida ham joylashtirilishi mumkin
24/7
tanaffus va taʼtillarsiz ishlaydi
Mahsulotlarimiz allaqachon ishlatilgan:
Tadbiq etish algoritm
1qadam
Mijozdan qoʻngʻiroq skriptini olamiz
2qadam
Ssenariyni amalga oshiramiz
3qadam
Chiquvchi qoʻngʻiroqlarni kichik obunachilar bazasida boshlaymiz, koʻrsatkichlarni yigʻamiz va bot bilan dialoglarni tahlil qilamiz, abonentlar bazasini bosqichma-bosqich oshiramiz.