





U-BSS kompaniyasining korporativ madaniyatiga fundamental qadriyatlar asos qilib olingan bo‘lib, ular hamkasblar o‘rtasidagi, mijozlar va hamkorlar bilan o‘zaro aloqalarni ochiq, shaffof, xayrixohlik, hurmatga asoslangan va albatta samarali qiladi.
Kompaniyamizning ofisi Toshkentda quyidagi manzil bo‘yicha joylashgan: Shahrisabz proezdi, 5A-uy, “Seul Plaza” biznes-markazi

Bizning kompaniyada xodimlar ham mansab bo‘yicha yuqori ko‘tarilishi, ham o‘z bo‘linmasi ichida o‘sishi mumkin.
Biz komandaning har bir a’zosiga o‘z salohiyatini namoyon qilish, yangi bilim va malakalarni egallash imkoniyatini taklif etamiz.
Biz Agile, Kanban, Scrum i Waterfall kabi bir nechta mashhur metodologiya asosida bir xilda ishlaymiz.
Buyurtmachi tanlagan strategiyaga bog‘liq holda muayyan bir bankda ishlash uchun aralash sxemadan foydalanish mumkin. Biz bu jihatdan moslashuvchanmiz.
Bir oydan bir necha yilgacha. Loyihalarning muddatlari qo‘yil-gan vazifa va u bo‘yicha ishlarning sermehnatligini dastlabki baholashga bog‘liq holda farqlanishi mumkin.
Lekin biz odamlarni aniq bir loyihaga emas, balki bizning komandamizga taklif etamiz.
Aksariyat hollarda yangi xodim uchun mahsuldor yo‘nalish aniqlanadi, keyin esa ishlarning muddati, ularning tugallanishiga qarab o‘tirmasdan xodim ushbu mahsuldor yo‘nalish doirasida boshqa loyihaga o‘tadi.
Texnologiyalar: Java8, React, Spring, Hibernate, JMS, Swift, Kotlin.
СУБД: PostgreSQL, Oracle, MS SQLSERVER
VCS: git
Continuous Integration: TeamCity
Komanda bo‘lib ishlash uchun makon: Confluence, Jira.
Dasturlar va steklar haqida biz uchrashuvda yanada to‘laroq axborot bilan bo‘lishishga tayyormiz. Har bir bo‘linmada umumiy foydalani-ladigandan tashqari o‘zining shaxsiy dasturlari ham bo‘ladi.
Agar loyihaning Agile bo‘yicha bajarilishi mo‘ljallanayotgan bo‘lsa, bund odatda komandaning tuzilishi va bo‘ysunishi ushbu metodologiya bo‘yicha o‘zaro aloqalarning standart sxemasiga muvofiq bo‘ladi.
Loyihada o‘zaro aloqalarning istalgan modelida ham loyiha rahbari bosh javobgar hisoblanadi, u komandani yig‘adi, uning ichida o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yadi, komanda a’zolariga loyiha mohiyatini, uni amalga oshirish usuli va javobgarlik zonalarini tushuntiradi.
Har qanday holatda ham har bir bo‘linmada shuningdek o‘zining timlidlari (ishlanma komandasi rahbari) bo‘ladi, ular loyiha rahbaridan tushadigan vazifalar-ni o‘z komandasi ichida taqsimlay-di va barcha masalalar bo‘yicha unga murojaat qilish mumkin bo‘ladi.
Bizning mijozlarimiz orasida: O‘zbekistonning 17 ta yirik bankidan 6 tasi – U-BSS mijozlari
U-BSS da mahsulot va yo‘nalishlar-ning keng lineykasi mavjud bo‘lib, ular: yuridik va jismoniy shaxslarga MBXK, korporativ g‘aznachilik tizimi, ovozli va matnli onlayn yordamchilar, axborot xavfsizligi, autstaffing, integratsion yechimlar va hokazo.
Loyihalar aniq bir buyurtmachi uchun tayyor (korobka) yechimlarni yoki maxsus versiyalarni va mahsulotlarni rivojlantirishga, yoki kompaniya mahsulotlarini kuzatib borishga ham taalluqli bo‘lishi mumkin
Yangi xodim uchun loyiha turli omillar: nomzodning tajribasi va bilimi, u yoki bu loyihadagi erkin nuqtai nazari va umuman olganda uning taklif etilayotgan loyihalarga qiziqishidan kelib chiqib tanlanadi.
Biz ish xodimga o‘z ishidan qoniqish va professional jihatdan rivojlanish imkonini berishi uchun doimo har bir xodimga to‘g‘ri keladigan loyihani tanlab berishga harakat qilamiz
3 oy ishlaganidan so‘ng har bir xodim uchun ixtiyoriy tibbiy sug‘urta rasmiylashtiriladi, shuningdek ingliz tili bepul o‘rgatiladi.
Ha. Bunday tadbirlar – g‘oyalarni tarqatish va yangi texnologiyalarni kuzatib borish uchun ideal muhit.
Kompaniyada shuningdek ichki va tashqi trenerlar bilan korporativ o‘qitishlar o‘tkaziladi.
Biz materiallarni to‘playmiz, vebinarlarni yozib olamiz va ichki portalda ular bilan o‘rtoqlashamiz.
Shuningdek xodimlarning o‘zlari ham tajriba bilan bo‘lishadilar. Masalan, konferensiyaga borib kelganlaridan so‘ng hamkasblar mitap to‘plashlari va bilib olgan yangi narsalari haqida so‘zlab berishlari mumkin.
Bo‘linmalarning samaradorligini baholash uchun turli ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Ko‘rsatkichlarga bizning talablarimizdan biri – bu ularning o‘lchamli, ya’ni o‘lchash mumkin bo‘lishi.
KPI haqida biz sizni qiziqtirgan nuqtai nazarlardan kelib chiqib interyuda batafsil so‘zlab berishga tayyormiz.
U-BSS da standart sakkiz soatli ish kuni.
Ish kunining boshlanishini xodimning o‘zi belgilashi mumkin. Bizda, agar xodim bajarayotgan vazifa bunga imkon beradigan bo‘lsa, qat’iy belgilangan vaqt chegaralari mavjud emas.
Albatta, qat’iy belgilangan grafik asosida ishlashi zarur bo‘lgan bo‘limlar – masalan, Qo‘llab-quvvatlash bo‘limi yoki Mijozlar bilan ishlash bo‘limi bundan istisno hisoblanadi.
Biz uchun vazifalarning muddatida bajarilishi ancha muhimroq.
Shuningdek, kompaniyada masofa-dan ishlash imkoniyati ham mavjud.
Komanda deyarli barcha loyihalarni bizning ofisimiz ichida o‘tirib nazorat qiladi.
Jarayonlar yillar mobaynida yo‘lga qo‘yilgan, bu buyurtmachilar bilan hech bir qiyinchiliksiz aloqada bo‘lish va to‘laqonli ishlash imkonini beradi.
Keng miqyosdagi loyihalar bundan istisno bo‘lib, bu loyihalarda komanda ishtirokchilari shaxsan o‘zaro aloqada bo‘lishlari, buyurtmachi esa biznes-analitiklar, ishlab chiquvchilar va test o‘tkazuvchilar bilan uzluksiz muloqot olib borishi muhim.
Biz mehnat qonunchiligining barcha normalariga rioya qilamiz va xodimlarni O‘zbekiston Respublikasining MK bo‘yicha rasmiy daromad bilan ishga qabul qilamiz.
Мы всегда рады ответить на любые Ваши вопросы
Fikr-mulohazangiz uchun rahmat. Sizning arizangiz qabul qilindi
Bizning mutaxassisimiz ish kuni davomida siz bilan bog'lanadi