U-BSS — Markaziy Osiyo davlat-larida yetakchi tizimiy integrator. Mijozlarning biznesni raqamli transformatsiyalash bo‘yicha uzoq muddatli va taktik vazifalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashadi. O‘zining ekspertizasi, xalqaro hamkorlarning texnologiyalari va tajribasiga asoslangan kompleks yechimlardan foydalanadi.
Missiyamiz: omnikanal kommunikatsiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi eng yaxshi xalqaro yechimlarni qo‘llanish hisobiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish
Видение: Markaziy Osiyo biznesiga innovatsion imijini, foyda va raqobatbardoshligini oshirishga yordam beramiz. Sun’iy intellekt, axborotni avtomatlash-tirish va muhofazalash sohasida jahondagi eng yaxshi yechimlar yordamida kommunikatsiyalarni samarali raqamlashtirishni va omnikanallikni ta’minlaymiz.
Kompaniya haqida
U-BSS komandasining bilimlari, hamkorlari yechimlarining mukammalligi va innovatsionligi kompaniyaga bozorda liderlik qilish va raqobatchilardan ilgari kelajakka qaratilgan yechimlarni taklif etish imkonini beradi. Loyihalarni moliyaviy sektor, telekom, davlat sektori, riteyl, tibbiyot, sanoat va boshqa tarmoqlarda raqamli transfor-matsiya keyslarini amalga oshirish bo‘yicha boy tajribaga ega bo‘lgan O‘zbekiston, Yevropa va Rossiyadan tan olingan ekspertlar bajaradilar.
U-BSS yechimlari xizmat ko‘rsatish va sotishlarni raqamli transforma-siyalashga yordam beradigan innovatsion texnologiyalarni o‘z ichiga oladi, turli kanallarda uzluksiz mijoz tajribasini U-BSS yetkazib beradigan yechimlarning barcha elementlari o‘zaro biri-biriga mos tushadi va buyurtmachilar hamda hamkorlar-ning dasturiy va apparat ta’minotiga oson qo‘shiladi. Kompaniya servis va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlashning yuqori darajasini ta’minlaydi.
U-BSS kiberxavfsizlik boʻyicha noyob tajribaga ega. Barcha U-BSS mahsulotlari zarur xavfsizlik talablariga javob beradi va doimo yuzaga kelishi mumkin boʻlgan zaifliklar uchun tekshiriladi. Kompaniya mutaxassislari xavfsizlik tizimlaridagi barcha zaifliklarni aniqlash, lokalizatsiya qilish va “yopish”ga qodir.
Mustaqil dasturiy yechimlar xarajatlarni kamaytirish va tezkor Time2Market ni taʼminlaydi, shu bilan birga SDK, API va moslashuvchan moslashtirish vositalaridan foydalanish mijozlar va hamkorlarga standart funksiyalarni mustaqil ravishda kengaytirish va yangi xizmatlarni joriy qilish imkonini beradi.
U-BSS mahsulotlari, mijozning xohishiga qarab, tashkilotning ichki konturida ham, bulutda ham amalga oshirilishi mumkin.
3 ta kontinentdagi 100 dan ortiq mijozimiz U-BSS uzoq muddatli o‘zaro foydali hamkorlikni mo‘ljallab taklif etayotgan yechimlar va ekspertiza hisobiga bir necha yillardan buyon o‘zining raqamlashtirish sohasidagi liderligini mustahkamlab kelmoqda.