BSS kompaniyasi bank veb-resurslarini himoya qilishni tashkil qilish uchun kompleks yondashuvni taklif etadi. Bu, birinchi navbatda, mijozlar oʻz mablagʻlarini masofadan turib boshqaradigan xizmatlarga tegishli
Veb-resurslar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tavsiyalar
Tizimlararo devorlarning aktual versiyalaridan foydalanish
Veb-ilovalar himoyasini muntazam tekshirib turish
Topilgan zaifliklarni zudlik bilan tuzatish
Aniqlangan hodisalarni qayd qilish
Tahdid manbasini aniqlash va xavflarni minimallashtirish uchun tekshiruvlar oʻtkazish
BSS dan bank ilovalarini har tomonlama himoya qilish uchun yechimlar
WAF(Web Application Firewall)
WAF (Web Application Firewall) – bu veb-ilovalarga hujumlarni, shu jumladan “ OWASP Top-10” roʻyxati va WASC tasniflaridagi hujumlarni, shuningdek kichik hajmdagi DDoS hujumlarini (100 Mbit/s dan kam) aniqlash va blokirovka qilish uchun innovatsion xavfsizlik devori.
Yechim xususiyatlari:
Virtual patching texnologiyalari hisobiga dastur kodini tubdan oʻzgartirishda tejash;
Mashinaviy oʻrganish himoyaning asosiy komponenti sifatida. Himoyalangan obyekt bilan aloqaning etalon modeli tuziladi va kirish identifikatorlarining “oq” roʻyxati shakllantiriladi;
Maʼlumotlar bazasi ekrani (DBF) bilan birgalikda maʼlumotlar bazalari bilan foydalanuvchining oʻzaro shaffof taʼsirini taʼminlayd
AntiDDoS xizmati
Veb-saytlar va serverlarni tarqatilgan “Xizmatni rad etish” kabi hujumlaridan himoya qilish uchun maxsus vositalar
Yechim xususiyatlari:
Tarmoq, transport va seans darajalarida DDoS hujumlarining barcha turlarini filtrlash
Haqiqiy foydalanuvchilardan hujum qiluvchi botlarni ajratish
Eng kuchli hujumlarda ham barqaror ishlashni taʼminlash
Quyidagilar bilan bogʻliq obroʻ-eʼtibor xavfi va moddiy yoʼqotishlarni bartaraf etish:
– Tranzaksiyalar oʻtkazishning mumkin emasligi
– Mijozlarning xizmat koʻrsatish sifatidan noroziligi
– Muammoni hal qilish bilan shugʻullanuvchi IT xodimlarini ortiqcha yuklash
– Mijozlarning ommaviy soʻrovlari tufayli texnik yordam xizmatining haddan tashqari yuklanishi
– Xodimlarning mehnat unumdorligini yoʻqotish
Veb-ilovalar xavfsizligini tahlil qilish
Xavfsizlik tahlili axborot xavfsizligi sohasi standartlari va ilgʻor tajribalar va kirish testlariga tayanadi (OWASP TOR 10, SANS TOR 25, OSSTTM, va boshqalar)
Tahlil usullari:
“Qora” quti — xaker veb-ilovada akkauntga ega emas;
“Kulrang” quti — xaker veb-ilovada akkauntga ega;
“Oq” quti — xaker veb-ilovaning manba kodi bilan bir qatorda akkauntga ham ega
Ishlar majmuasi:
Ilova joylashgan xost xizmatlarining xavfsizligini qoʻlda tahlil qilish;
Avtomatik zaiflik skanerlari yordamida ilovalar xavfsizligini tahlil qilish;
OWASPTOP 10va SANS TOR 25 bazalariga muvofiq zaiflikni qoʻlda tekshirish;
Mantiqiy zaifliklarni qidirish (pul mablagʻlarini aylantirish, mablagʻlarni noqonuniy oʻtkazish va boshqalar)
Bank quyidagilarni oladi:
Xavfga asoslangan yondashuvdan foydalangan holda aniqlangan zaifliklar haqida hisobot;
Zaifliklarni tuzatishda ishlab chiquvchilarga oʻzaro aloqa va yordam;
Tanqidiy zaifliklar ekspluatatsiyasi video yozuvlari;
Hozirgi holati boʻyicha bank rahbariyati uchun taqdimot.
Оставить заявку
Мы всегда рады ответить на любые Ваши вопросы
Отправить резюме
Rahmat!
Fikr-mulohazangiz uchun rahmat. Sizning arizangiz qabul qilindi
Bizning mutaxassisimiz ish kuni davomida siz bilan bog'lanadi