Virtual yordamchi mijozlarning kiruvchi murojaatlariga xizmat ko‘rsatadi. Xususan, karta va kreditlar bo‘yicha ma’lumot berish bilan bog‘liq so‘rovlarga javob beradi. Bundan tashqari, omnikanal muloqot platformasi yordamida bank mijozlariga, xususan kredit yoki kredit kartasi bo‘yicha to‘lov muddatini o‘tkazib yuborgan mijozlarga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar ham avtomatlashtirilgan. Nutq texnologiyalarini joriy etish Anorbank kontakt-markaziga yuklanishlarni va mijozlarga xizmat ko‘rsatish qiymatini ancha pasaytirish imkonini beradi. Virtual yordamchining sutka mobaynida ishlashi tufayli esa bank servislaridan foydalanish imkoniyati oshadi.
Trastbank
Joriy etildi:
— Virtual yordamchi
Loyiha tavsifi:
Bot bank saytidagi veb-vidjetda joylashtirilgan. U mijozlarning kartalar, kreditlar, depozitlar bilan ishlash bo‘yicha kiruvchi so‘rovlariga, shuningdek umumiy mavzular (bo‘linmalar va bankomatlarning manzillari, ish soatlari va boshqalar) bo‘yicha savollariga rus va o‘zbek tilida javob beradi. Bunda robot ham kirill, ham lotin alifbosidagi o‘zbekcha matnlarni tushunadi.
Migros bank
Joriy etildi:
— Ovozli biometrik verifikatsiya (tekshirish)
Loyiha tavsifi:
Ovozli verifikatsiya uchun Spitch yechimi fon rejimida ishlaydi, bu bilan mijozlarga shaxsni tekshirish natijalarini so‘zlashuv boshlangandan bir necha soniya o‘tganidan keyinoq ko‘rish imkonini beradi. Natijada chaqiriqqa ishlov berishning o‘rtacha vaqti ancha qisqaradi, bu esa mablag‘larni iqtisod qilishga ko‘maklashadi. Shuningdek mijozlarning qoniqish darajasi ham emotsional to‘siqlarni bartaraf etish tufayli oshadi.
Versicherungskammer
Joriy etildi:
— Versicherungskammer qo‘llab-quvvatlash liniyasida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilaydi
Loyiha tavsifi:
Spitch virtual yordamchisi qo‘ng‘iroqlarni aniq avtomatik boshqarish uchun maqsadlarni yuqori aniqlikda bilib olishni ta’minlab, tabiiy tilni tanishdan (ajratishdan) foydalanadi. PDF ni yuklab olish.
Reale group
Joriy etildi:
— Kichik xodimlarga ko‘maklashish uchun bilimlar bazasiga ega bo‘lgan virtual yordamchi
Loyiha tavsifi:
Virtual yordamchi so‘rovlarga 24x7 avtomat tarzida ishlov beradi, bu bilan kichik xodimlarning savollariga javob beradigan tajribali mutaxassislarning vaqtini tejaydi.
Baloise
Joriy etildi:
— Virtual yordamchi mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Baloise taklifni to‘ldiradi.
Loyiha tavsifi:
Ushbu texnologiya liniyada kutib qolish vaqtini qisqartirib va chaqiriqlarni aniq boshqarib, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilaydi. Virtual yordamchi nutq analizatori bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash uchun ko‘plab ma’lumotlarni chiqarib oladi va kelajakda xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtirish uchun imkoniyatlar ochadi.
Оставить заявку
Мы всегда рады ответить на любые Ваши вопросы
Отправить резюме
Rahmat!
Fikr-mulohazangiz uchun rahmat. Sizning arizangiz qabul qilindi
Bizning mutaxassisimiz ish kuni davomida siz bilan bog'lanadi