BSS O’zbekiston Respublikasida biznesini kengaytirish bo’yicha jiddiy niyatlari borligini tasdiqlaydi. Kompaniya uzoq muddatli rejalarining tasdiǵi sifatida Toshkentda yangi ofis ochdi. U kompetenciyalar markazi bo’lib qoladi va mamlakatda amalga oshirilayotgan barcha loyihalarni kuzatib nazorat qila oladi.
Yangi ofis poytaxt markazida quyidagi manzil bo’yicha joylashadi: «Seul Plaza» biznes-markazi, Shahrisabz tor ko’chasi, 5A-uy. Toshkentdagi BSS ofisining rahbari — O’zbekiston Respublikasida rivojlantirish bo’yicha direktor Pulat Xaliulin — uchrashuvlarga tayyor va BSS kompaniyasining masofadan xizmat ko’rsatish va nutqiy texnologiyalar sohasidagi innovatsion ishlanmalaridan foydalanib, O’zbekiston biznesining rivojlanishidan manfaatdor.
BSS yechimlari hozirning o’zidayoq O’zbekistonning bir qator yyetakchi banklarida faol joriy etilmoqda.
«O’zbekiston — mintaqaning eng ildam rivojlanayotgan mamlakatlaridan biri. Bank sektori — masofadan bank xizmatlari ko’rsatish va sun’iy intellekt ilǵor texnologiyalarini faol joriy etayotgan mamlakat iqtisodiyoti o’sishining drayveri. BSS tajribasi va kompetenciyalari mahalliy biznes uchun manfaatli va unga talab mavjud. Biz hozirning o’zidayoq bir nechta bankda faol joriy etish ishlarini olib borayapmiz va keyingi yilda mijozlarning soni karrali oshishini kutayamiz», — qayd etdi BSS kompaniyasining Bosh direktori Georgiy Kravchenko.
Ulkan maqsadlarga erishish uchun yangi ofisda yuqori malakali mutaxassislar shtati tuziladi. Ishga analitiklar, loyiha-menejerlari, Java-ishlab chiquvchilar, mobil ilovalar ishlab chiquvchilar, support-mutaxassislari, prodakt-menejerlar taklif qilinadi.
BSS kompaniyasida ishlash — bu nafaqat obro’ va
qiziqarli loyihalar, balki bir qator boshqa imtiyozlar ham demakdir. Masalan, o’z
kasbiy bilimlarini oshirish va eng yaxshi martabalarga davogarlik qilish
imkonini beradigan qimmatli tajriba, agile uslubiyati bo’yicha ish, Moskvada o’qish
va malaka oshirish, keyinchalik nafaqat O’zbekistonda, balki Rossiya Federatsiyasi
va boshqa mamlakatlarning loyihalarida ishlash istiqbollari.