Toshkentda 7 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan “Raqamli transformatsiya: bank xizmatlarini masofaviy ko‘rsatish va nutq texnologiyalarining sinergiyasi orqali mijozlargacha uzluksiz yo’l” mavzusidagi konferensiyada 100 ga yaqin bozor ekspertlari O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bank sektoridagi mavjud vaziyat va uni yaqin kelajakda rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Tadbir Person Hunters kompaniyalar guruhi va O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasining qo‘llab quvvatlashi bilan yetakchi tizim integratori U-BSS tomonidan tashkil etildi.
Tadbirni ochar ekan, U-BSS tijorat direktori Vitaliy Pateshman: “maqsadi- odamlarning hayot sifatini har tomonlama yaxshilash va O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishdan iborat” bo‘lgan banklarning bunday tadbirlarda ishtirok etishi muhimligini ta’kidladi. “Mijozlarning tajribasi hamda ekspertlarimiz va hamkorlarimizning ekspertizasiga tayangan holda, biz bozorning – raqamlashtirish jarayonini qanday qilib savodli tarzda tashkillashtirish, bozorda qanday texnologiyalar borligi va ulkan samaradorlikka erishish uchun ularni qanday qilib – bir vaqtning o'zida yoki navbatma-navbat, har tomonlama yoki tanlovga ko‘ra to‘g‘ri birlashtirish kerakligi haqidagi kabi asosiy so‘rovlariga javob beryapmiz”, – deb qayd etdi ma'ruzachi.

O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi Bosh direktori o‘rinbosari, Ekspertlar kengashi a’zosi Otabek Nosirov davlat va moliya sohasidagi tartibga soluvchi organning yangi tashabbuslari haqida gapirdi. U, xususan, yaqin bir necha yil banklarda raqamlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan juda ham mazmunga boy bo‘lishini ta’kidladi, chunki “mamlakat prezidenti texnologiyalar va xizmat ko'rsatish darajasi jihatidan jahon darajasiga chiqish vazifasini juda aniq belgilab berdi."

Ko'pgina ekspertlar, bank xizmatlarini masofaviy ko‘rsatish (BXM) tizimlarini avtomatlashtirish va xizmatlar bilan mahsulotlarni onlayn taqdim etish nuqtai nazaridan rivojlanish cho‘qqisiga erishdi deb hisoblaydilar. Shu bilan birga, ko'pchilik bank biznesi o'sishining yangi nuqtalari sifatida BXM va nutq texnologiyalarining sun'iy intellekt keng qo'llaniladigan sinergiyasida ko‘rmoqdalar. U-BSS kompaniyasining masofaviy kanallarda mijozlarga xizmat ko'rsatishni raqamlashtirish mahsulot bo'yicha direktor Yuliya Vdovinaning fikricha, mijozlar uchun murosasiz raqobatda texnologik imkoniyatlarni yaratadigan va aynan mijoz uchun qulay bo'lgan xizmat ko'rsatish kanallarini uzluksiz birlashtirishni amalga oshiradiganlar g'alaba qozonadi. “Mijozlarga yo‘nalganlik – endi yangi rusum bo‘lgan so‘z yoki trend emas, balki bank yoki har qanday kompaniyaning barcha biznes-jarayonlari uning atrofida qurilishi kerak bo‘lgan asos”, — deb qayd etdi Y. Vdovina. O'z navbatida, U-BSS kompaniyasining mahsulotlarni rivojlantirish bo'yicha direktori Aleksey Afonin qo'shimcha qilib, mijozga yo'naltirilgan modelga rioya qilgan holda, BXMda mijozga nafaqat bank mahsulotlari va xizmatlarini, balki biznes yuritishda yordam berishga mo'ljallangan boshqa turli xil mahsulot va xizmatlarni ham topish va ulanishni osonlashtiradigan ekotizim shakllantirilishi kerak.

Eng zo‘r mijozlar tajribasini yaratish asoslaridan biri bo‘lib omnikanal bilimlar bazasi hisoblanadi. L2U kompaniyasining tijorat direktori Dmitriy Laktionovning fikricha, “barcha aloqa kanallari (bo‘limlarning xodimlari, aloqa markazining operatorlari, hamkorlar, sayt va robotlashtirilgan servislar – chat botlar va ovozli yordamchilar) uchun qarama-qarshiliklardan xoli yagona axborot manbai bo'lib xizmat qiladigan bilimlar bazasi xizmat ko‘rsatish tezligini va mijozlarning mamnuniyatini ancha oshirishga qodir”.
SafeTech\Nopaper kompaniyalari hammuassisi va tijorat direktori Darya Verestnikova raqamli xizmat ko‘rsatish kanallarining xavfsizligi va qulayligiga innovatsion yondashuvlar haqida gapirdi. Uning ta’kidlashicha, endilikda MDHning 70 dan ortiq banklari o‘zlarining masofaviy kanallarida “PayControl” elektron imzo modulini joriy qilgan, bu “to’lovlarni tasdiqlashning an’anaviy vositalariga qaraganda qulay, xavfsiz va arzon.

Bank hamjamiyati vakilining chiqishi ham alohida qiziqish uyg'otdi. Trastbankning joriy etish loyihasi rahbari Muzaffar Abbosov so‘zga chiqib, rus va o‘zbek tillarini tushunadigan chat-bankni joriy etish qanday kechgani, dastlabki qadamlar va bugungi kundagi qo‘llanilishi haqida gapirdi. Shuningdek, u chat-bot va sun’iy intellekt (SI) negizida boshqa tizimlarni rivojlantirish bo‘yicha kelgusi rejalar haqida so‘zlab berdi. U-BSS kompaniyasining asosiy mijozlar bilan ishlash bo‘yicha direktori Yekaterina Savina bank chat-botini yanada rivojlantirish imkoniyatlari va variantlari haqida gapirdi. “Biz mijozlar yo‘li nuqtai nazaridan mijozlarga odatdagi messenjerlarda xizmat ko‘rsatishni eng to‘g‘ri va mantiqiy yo‘l deb bilamiz. Bizning axborot chat-botini eng mashhur messenjerlar – Telegram, WhatsApp va VK Messenjerda to‘lov funksionaliga ega to’laqonli chat-bankgacha rivojlantirish tajribamiz bor”, – deb qayd etdi Y. Savina.
Qaysi biri yaxshiroq, arzonroq va tezroq – o'z-o'zini rivojlantirishmi yoki tayyor vendor yechimi? U-BSS ishlab chiqarish yo‘nalishing rahbari Yevgeniy Ponomaryov ushbu mavzu bo'yicha fikr yuritdi. U, shuningdek, kichik bir komanda qanday qilib bir yildan kamroq vaqt ichida yangi mobil ilovani yozishga muvaffaq bo'lgani va time-to-market (T2M) ni ikki baravar qisqartirgani haqida gapirib berdi.

Markaziy Osiyo va Yevropadagi bank mobil UX trendlari haqida Usabilitylab Central Asia SEO si Baltabek Bekenovdan bilib oldik. Ma'ruzachi foydalanuvchilarning xatti-harakati va afzal ko‘rishlari bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o'rtoqlashdi va kutilmagan tushuncha berdi: “Ilova yaratishda o'ziga xoslikka intilish kerak emas – bu sizning yangi mijozingiz uchun noodatiy va noqulay. Ajablanarlisi shundaki, raqobatchilardagi kabi – odat bo‘lib qolgan yagona interfeysga intilish kerak, lekin servis sifati va shu kabilar bilan raqobatchilardan ustun bo‘lish kerak”.
BKS kompaniyasining hamkorlar bo‘yicha direktori Denis Sheybal bank mijozlariga mahsulot taklifini qanday qilib kengaytirish va ularni investitsiya mahsulotlari hisobiga saqlab qolish haqida gapirdi.
Noyabr oyining oxirida O‘zbekiston Prezidenti imzolagan farmoyishga binoan, mamlakat Markaziy banki imkon qadar qisqa vaqt ichida firibgarlikka qarshi kurashish (antifrod) tizimlarini joriy etish, pul o‘tkazmalarini nazorat qilishni avtomatlashtirish, to'lovlarni biometrik himoya qilish va aholining raqamli moliyaviy savodxonligini oshirishni o‘z ichiga oladigan tadbirlar kompleksini ishlab chiqishi va tasdiqlashi kerak. U-BSS “Xavfsizlik” yo‘nalishining rahbari Ilya Ivanov ushbu tashabbusning ayni muddao ekanligini qayd etdi, shuningdek kiberxavfsizlik sohasidagi jahon trendlari va O‘zbekistonda allaqachon dolzarb bo‘lib qolgan moliyaviy firibgarlikning turlari haqida gapirib berdi.

Ishlab chiqish yoki joriy etish loyihalari ko'pincha nodir yoki noyob bilim va tajribaga ega bo'lgan mutaxassislarni talab qiladi. Bundan tashqari, bunday mutaxassislar cheklangan muddatga yoki ma'lum hajmdagi ishlar uchun kerak bo'ladi. U-BSS kompaniyasining autstaffing va autsorsing yo‘nalishi bo'yicha direktori Aleksandr Klenin o'z chiqishida ishga yollashni xodimlarga va boshqa operatsion xarajatlarni oshirmasdan qanday samarali qilish mumkinligi haqida so‘zlab berdi.
Konferensiya ishtirokchilari muhokama qilingan mavzularning hammasi o‘ta dolzarb va talabgir ekanligini tasdiqladilar. Konferensiya davomida va norasmiy suhbatlar chog‘ida O‘zbekiston bank biznesining vakillari faollik bilan savollar berib, ma’ruzachilar bilan muloqotda bo‘lishdi. Konferensiyaning tashkilotchilari bunday tadbirlarning o‘tkazilishi Respublika moliya sohasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi, innovatsiyalar va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Biz barcha savollaringizga javob beramiz!
Vadim Prishchepa — V.Prischepa@bssys.com
Мы всегда рады ответить на любые Ваши вопросы
Fikr-mulohazangiz uchun rahmat. Sizning arizangiz qabul qilindi
Bizning mutaxassisimiz ish kuni davomida siz bilan bog'lanadi