“Oriyent Finans Bank” O‘zbekiston Respublikasida birinchi bo‘lib “Skolkovo” fondi IT-klasterining rezidenti Rossiyaning “SafeTech” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan PayControl yechimi bo‘lib hisoblanadigan U-BSS kompaniyasi BXM (bank xizmatlarini masofadan ko‘rsatish) mahsulotini o‘z tizimiga kiritgan bankdir.
PayControl – mobil autentifikatsiya va elektron imzo platformasi bo‘lib, fuqarolar va yuridik shaxslarga bank xizmatlarini masofadan ko‘rsatish kanallarida o‘z tranzaksiyalarini qulay va xavfsiz tarzda tasdiqlash imkonini beradi. PayControl bank mijozlariga qilinadigan: SIM-kartani “qayta chiqarish”, fishing, hujjatlarni almashtirish, ijtimoiy muhandislik va boshqalar kabi asosiy hujumlarga qarshi turishga yordam beradi.
Yechim klassik tasdiqlash vositalariga (USB tokenlari, SMS va push-kodlar va boshqalar) qaraganda ancha qulay va xavfsizroq. PayControl- dan foydalanish juda oson – shunchaki smartfon ekraniga bosish kifoya – pul mablag‘larini hisobdan chiqarish operatsiyasi amalga oshiriladi. To'lovni tekshirish jarayoni atigi 2 soniyani oladi.
PayControl assimetrik kriptografiyadan, elektron imzo kalitlarini xavfsiz saqlashdan foydalanadi, imzolangan hujjatning yaxlitligini nazorat qilishni, tasdiqlashdan oldin ma'lumotlarni vizualizatsiya qilishni, qurilmaning xavf-xatarni baholashni va boshqalarni kafolatlaydi, buning natijasida tranzaksiyani tasdiqlash xavfsizligi ta'minlanadi.
PayControl “Orieynt Finans Bank” ning korporativ mijozlari uchun mobil bankda ham, internet bankingda ham to'lovlar va pul o'tkazmalari uchun mavjud.
SafeTech yechimlari allaqachon Rossiya va MDH davlatlarining 70 dan ortiq banklari tomonidan joriy qilingan.
“PayControl ning joriy etilishi nafaqat korporativ mijozlarimiz xavfsizligini oshirish, balki ularga xizmat ko‘rsatishning eng zamonaviy yondashuvlarini joriy etish, operatsiyalarni amalga oshirish qulayligini oshirish imkonini berdi”, – deb tushuntirish berdi “Oriyent Finans Bank” Vakili Bahrom Yo‘ldoshev.
“Rossiyaning eng yirik banklarida 10 yildan ortiq vaqtdan beri foydalanilayotgan PayControl allaqachon o'z samaradorligini isbotladi. Yechimlarimiz endi O‘zbekistonda ham taqdim etilganidan va “Oriyent Finans Bank” mijozlari to‘liq mobil bo‘lib, smartfondan to‘lovlarni maksimal darajadagi xavfsizlik bilan amalga oshirishlari mumkinligidan juda xursandman”, – deb ta’kidladi SafeTech tijorat direktori Darya Verestnikova.
“Biz doimo mijozlarimizga zamonaviy texnologik qiyinchiliklarga samarali javob berish, biznesni faol rivojlantirish va raqobat qilish imkonini beruvchi yechimlarni taqdim etishga, bank mijozlariga o‘z biznes-vazifalarini masofaviy kanallarda oson, qulay va eng muhimi, xavfsiz hal qilishga yordam berishga intilamiz. Ishonchli hamkorimiz SafeTech kompaniyasidan PayControl – tranzaktsiyalarni xavfsiz va qulay o‘tkazish uchun ajoyib yechimdir”, – deb qayd etdi U-BSS boshqaruvchi direktori Pavel Popov.