2021 yilning oxirida Toshkentda (O’zbekiston Respublikasi) ochilgan BSS kompaniyasining sho’ba korxonasi (ShK) IT Park Uzbekistan rezidenti maqomini oldi. Bu O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan AT-industriyasini ildam rivojlantirish, axborot texnologiyalari sohasidagi innovatsiya loyihalarini amalga oshirish va mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirish uchun yaratilgan texnologik park.
IT Park rezidentlari bir qator davlat preferenciyalarini, shu jumladan soliq imtiyozlari va O’zbekistonning davlat sektorida yechim va servislarni joriy etish bo’yicha qo’shimcha imkoniyatlarga ega bo’ladilar. BSS uchun — bu masofadan bank xizmatlari ko’rsatish, nutqiy texnologiyalar va axborot xavfsizligi sohalarida biznes va davlat uchun foydali shartlarda yangi texnologiyalar va zamonaviy yechimlarni taklif etish imkoniyati.
«O’zbekiston Prezidenti mamlakat raqamli infratuzilmasini tubdan o’zgartirish vazifasini qo’yadi va IT Park innovatsion rivojlanish drayverlaridan biri hisoblanadi. BSS kompaniyasi Toshkent shahrida ofis ochib, bu rejalarning amalga oshirilishiga faol ko’maklashadi. Biz AT-sektorga investiciyalar kiritamiz, O’zbekiston iqtisodiyotiga ilǵor texnologiyalarni joriy etamiz, bizning AT-mutaxassislarimizga yangi ish o’rinlari beramiz, xodimlarni o’qitamiz, soliqlarni to’laymiz. Bir so’z bilan aytganda, biz insonlarning hayotini yaxshilash va O’zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshliligini oshirish uchun umumiy ishni qilamiz», — sharhlaydi BSS kompaniyasining O’zbekiston Respublikasidagi ShK direktori Po’lat Xaliulin.
BSS — Rossiyaning eng yirik ishlab chiquvchi kompaniyasi bo’lib, deyarli 30 yildan beri RF da masofadan bank xizmatlari ko’rsatish bozorida peshqadamlik qilib keladi, moliya sohasida va boshqa tarmoqlarda nutqiy texnologiyalarni joriy etishning pionerlaridan biri hisoblanadi. BSS kredit tashkilotlarining barcha toidagi mijozlari uchun masofadan xizmat ko’rsatishning raqamli mahsulotlarini yaratish, kontakt-markazlarini avtomatlashtirish va robotlashtirish (matnli botlar, ovozli yordamchilar, chiquvchi liniya), ovozli biometriya va nutq analitikasi bo’yicha kompleks loyihalarni amalga oshiradi. Kompaniya axborot xavfsizligi sohasida jiddiy ekspertizaga ega, uning pentestrlar (kiberhujumlarni modellashtirish bo’yicha mutaxassislar) komandasi Sharqiy Evropada eng kuchlilardan biri hisoblanadi.