“Retail Central Asia” PLAS-Forumi – Rossiya, Markaziy Osiyo va yaqin xorij mamlakatlardagi savdo sektorining eng yirik tadbiri. Ishtirokchilar – turli sohalardagi biznes vakillari, nazorat qiluvchi organlar va davlat tuzilmalarining vakillari, ekspertlar va industriyaning top-menejerlariga – O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida vazifalarni hal etish va biznesni yangi saviyaga ko‘tarishga yordam beradigan qiziqarli keyslar lozim.
PLAS-Forum Alibaba.com, Tashkent City Mall, LeeVolk partners, Jahon banki, Uzum Market, Kapitalbank, Korzinka, Beeline, ISHONCH, NielsenIQ, VEON AdTech, Wildberries O‘zbekiston, Data Insight, O‘zbekiston TBC Group, Eeeng YaQN tarmog‘i, M Cosmetic, Tenge Bank, Urban Retail (Baraka Market), Zood (ZoodMall & ZoodPay) va boshqa top-menejerlarni bir joyga to‘pladi.
Xalqaro PLAS-forumlarining doimiy ishtirokchisi bo‘lgan U-BSS kompaniyasi bu yil “Rivojlanishning mijozga qaratilgan raqamli strategiyasi” dolzarb mavzusi bilan chiqdi. Masofaviy kanallarda mijozlarga xizmat ko‘rsatishni raqamlashtirish mahsuloti bo‘yicha direktor Yuliya Vdovina Aliasli aqlli kolonka uchun U-BSS virtual assistenti taqdim etilgan videorolikni namoyish etdi, u tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi va jonli qiziqish uyg‘otdi. Oddiy holga aylangan aqlli kolonka endi nafaqat musiqani yoqishi, so‘nggi yangiliklarni, ob-havo ma’lumotlarini aytib berishi yoki sevimli podkastni ijro etishi, balki bank mavzusidagi savollarga ham javob berishi mumkin. Masalan, bank bo‘limining yoki eng yaqin bankomatning manzili va ish vaqtini aniqlashtirib berishi mumkin. Endi bu yana bir dinamik rivojlanayotgan mijozlar bilan o'zaro aloqa kanali – aqlli suhbat qurilmalari ekanligi ayon bo‘lmoqda.
Kompaniyaning ko'rgazma maydonidagi stendida yechim haqida ko'proq bilib olish, o'z vazifalaringizni sinab ko'rishingiz va muhokama qilishingiz mumkin bo‘ladi. Bu yerda dunyoning har xil mamlakatlaridan kelgan 30 dan ortiq vendor-kompaniyalar o‘z yechimlari, texnologiyalari, mahsulotlari va servislarini taqdim etdilar.
“Riteylni raqamlashtirish – bu an’anaviy biznes modelini o‘zgartiradigan jarayon, ilg‘or texnologiyalar esa –shunchaki rusum bo‘lgan trend emasi, balki umuman olganda butun industriyani rivojlantirish zarurati. Biz innovatsiyalarning oldingi saflarida bo‘lish va mijozlarimizga eng zamonaviy yechimlarni taqdim etish uchun tadqiqotlar va ishlanmalarga katta mablag‘lar sarflaymiz. Xalqaro PLAS forumidagi muvaffaqiyat biz to‘g‘ri yo‘lda ekanligimizdan dalolat beradi”, deb izoh berdi U-BSS boshqaruvchi direktori Pavel Popov.