O‘zbekistonda autstaffing tobora ommalashib bormoqda: IT-sohasining jadal rivojlanishi, keng ko‘lamli raqamlashtirish loyihalarini ishga tushirish va turli IT-tizimlarni keng joriy etish yuqori malakali mutaxassislar sonini ko‘paytirishni talab qilmoqda.
Mamlakat rahbariyati IT-sohasini qo‘llab-quvvatlash (soliq imtiyozlari, qulay investitsiya muhitini yaratish) va IT-mutaxassislarini tayyorlash (har yili 60 ga yaqin IT-oliy o‘quv yurtlari 30 minggacha mutaxassisni chiqarmoqda) masalalariga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Biroq, ko'plab kompaniyalar tajribali IT-mutaxassislarini topish va jalb qilish bilan bog'liq muammolarni qayd etishmoqda.
IT-mutaxassislarining yetishmasligi ularning O'zbekiston bozorida qiymatining oshishiga olib keladi va raqamlashtirish sur'atlarining sekinlashishiga yoki hatto undan voz kechishiga olib kelishi mumkin.
“Bozor ehtiyojlari va bir qator yirik buyurtmachilarning talablariga javob bergan holda, U-BSS -da autsorsing ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylantirilgan”, – deydi asosiy mijozlar bilan ishlash bo‘yicha direktor Yekaterina Savina.
Bugungi kunda U-BSS turli dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, joriy etish, qo'llab-quvvatlash va xizmat ko'rsatish bo'yicha katta xalqaro ekspertlar komandasiga ega. Ular orasida 10 yildan ortiq vaqt mobaynida: The ICPC International Collegiate Programming Contest va International Olympiad in Informatics, shuningdek Business Owners kabi yirik xalqaro olimpiada va tanlovlarda birinchi o‘rinlarni egallagan eng yaxshi dasturchilar bor.
“O‘zbekiston IT-bozorining o‘ziga xos jihatlaridan biri bu buyurtmachilar tomonida loyiha yoki mahsulot darajasida tajribali liniya rahbarlarining yo‘qligidir. Shu sababli, bu yerda autstaffing modeli bo‘yicha nafaqat alohida mutaxassislarni, balki timlidlar bilan birgalikda butun boshli komandalarni, shuningdek, zarur tajriba va ekspertizaga ega bo'lgan loyiha rahbarlari, biznes-tahlilchilar, mahsulotshunoslar va BDMlarni yollashga talab katta”, – deb qayd qildi Yekaterina Savina.
Autstaffing ko'plab kompaniyalar uchun jozibador bo'lgan bir qator afzalliklarga ega. Birinchidan, bu sizga xodimlarni boshqarishda operatsion xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Ikkinchidan, xodimlar ishining sifati va uddaburonligi, shu jumladan joriy vazifalar va ehtiyojlarga qarab mutaxassislarni tezkor almashtirish imkoniyati tufayli ortadi. Uchinchidan, autstaffing yuridik masalalar va xodimlar bilan mehnat nizolari bilan bog'liq xavf-xatarlarni kamaytiradi.
Shunday qilib, autstaffing biznes jarayonlarini optimallashtirish va kompaniyalar faoliyatini yaxshilash uchun samarali vosita bo'lib hisoblanadi.